Publisistik maqolalar bazasi
Freelance hayoti: Mustaqil ishlash — orzumi yoki qiyinchilikmi?
			<description>To’ychiyeva Sevara</description>
Raqamli detoks: Ekran ortida o‘zimizni yo‘qotmaylik
			<description>To’ychiyeva Sevara </description>
Bilim – hayot chirog‘i
			<description>Xo‘jyozova Dildora Shonazar qizi</description>
Bilim – hayot chirog‘i
Xo‘jyozova Dildora Shonazar qizi
XXII asr soyasida
			<description>Muallif: Sayfullayev Lazizbek BaxromovichTaxallus: Laziz Baxrom</description>
XXII asr soyasida
Muallif: Sayfullayev Lazizbek Baxromovich
Taxallus: Laziz Baxrom
Onlayn savdo va bozor: zamonaviy iqtisodning yangi bosqichi
			<description>Toirova Matlubaxon ZafarbekovnaEMU va ARBU unversiteti 2 kurs Sud-Med ekspertiza va Prokurorlik yo'nalishlari.Biznes Rivojlantirish Banki agenti</description>
Sud-Med ekspertiza va Prokurorlik yo'nalishlari.
Biznes Rivojlantirish Banki agenti