Publisistik maqolalar bazasi

Freelance hayoti: Mustaqil ishlash — orzumi yoki qiyinchilikmi?

Badiiy
Freelance hayoti: Mustaqil ishlash — orzumi yoki qiyinchilikmi?

U tongda budilniksiz uyg‘onadi. Tashqarida odamlar ishga oshiqayotgan birpaytda, u o’zining jimjit burchagida choy damlab, daftarini ochadi va kunlik ishrejasini ko’zdan kechiradi. Uning faoliyati an’anaviy ofisda emas, balki masofadanboshlanadi. Ishni boshlash uchun faqat bir necha tugmani bosish kifoya. Bu-freelancerning kundalik hayoti.

Bugungi kunda mehnat bozorida yangi bir fenomen freelance, ya’ni mustaqilishlash shakli tobora keng tarqalmoqda. O’zbekiston yoshlari ham yangi ish usulinitez qabul qilmoqda. So’nggi yillarda texnologiyalar rivojlanishi, internetning kengtarqalishi va onlayn platformalarning paydo bo’lishi freelancerlik faoliyatini qulayva samarali qilibgina qolmay ko’plab yoshlar dizayn, dasturlash, tarjima, kontentyozish kabi sohalarda mustaqil ravishda ishlamoqda. Ammo mustaqil ishlashningham o’z qiyinchiliklari bor. O’z vaqtini boshqarish, mijozlar bilan samaralimuloqot qilish, moliyaviy intizom — bular freelancer uchun muhim mezonlardir. Shuningdek, barqaror daromad yo’qligi va tibbiy sug‘urta, ijtimoiy himoya kabian’anaviy ish joylarida mavjud bo’lgan kafolatlarning yetishmasligi yoshlarnio’ylantiradi.

Freelance nima? Qanday ishlaydi?

Freelance — bu shartnoma asosida yoki loyihaviy tarzda xizmat ko’rsatuvchi, lekin biror tashkilotga doimiy ishchi sifatida bog‘lanmagan mustaqil mutaxassisfaoliyatidir. Freelancerlar odatda internet orqali mijozlar bilan bog‘lanadi va o’zxizmatlarini masofadan turib taqdim etadi.Bugungi kunda Upwork, Fiverr, Freelancer.com, Toptal, hamda mahalliy platformalar orqali minglabo’zbekistonlik yoshlar xorijiy mijozlar bilan ishlamoqda.


Raqamli erkinlik — yolg‘onmi yoki imkon?

Yoshlar orasida freelance faoliyati mustaqil, shaxsiy rivojga yo’naltirilgan, erkingrafikdagi ish tartibi bilan jozibador ko’rinmoqda. “O’z xo’jayinim o’zimman” degan so’z endi shunchaki ibora emas, balki yangi avlodning shioriga aylanmoqda.Ammo bu shior ortida yashirin haqiqatlar, charchovlar, noaniqliklar borligini ham hammamiz bilamizmi?

Freelancer bo’lish — diplomdan ko’ra portfolio, tavsiyalardan ko’ra reytingmuhim bo’lgan olamga kirish demak. Yigit-qizlar ingliz tilini o’rganmoqda, dizayndarslari, IT kurslarida qatnashmoqda, turli platformalarda profil ochib, o’zimkoniyatini sinamoqda. Ammo...Bu erkinlik ortida kechasi bilan mijoz kutganlar, to’lanmagan ishlarga o’kinayotganlar, “deadline”ga ulguraman deb ko’zga uyqubermayotganlar bor. Ko’rinmas, biroq haqiqiy kurash maydoni — freelance hayotiaslida ko’p mehnat, intizom va o’z-o’zini boshqarishni talab qiladigan soha. Shu bilan birga, mustaqil ishlash bilan barqaror daromadning yo’qligi, moliyaviynoaniqlik va ijtimoiy himoyaning cheklanganligi kabi muammolar ham mavjud.



Freelancer bo’lish uchun nafaqat kasbiy bilimlar, balki o’z vaqtini boshqarish, stressga chidamlilik va mas’uliyatni egallash kerak. Shu bilan birga, davlat vajamiyat tomonidan freelance faoliyatini qo’llab-quvvatlash, qonuniy asoslariniyanada mustahkamlash va yoshlarga yo’l-yo’riq ko’rsatish dolzarb vazifa sifatidaqaralmoqda.

Mustaqil bo’lish oson emas

Erkin jadval. Ofisga borish shart emas. Qanday ajoyib, to’g‘rimi? Ha, bu tashqitomoni.Ammo freelancerning ishi hech qachon soat 9:00 da boshlanib, 18:00 da tugamaydi. U har doim “onlayn”, har doim “tayyor” bo’lishi kerak. Mijoz kechasiyozadimi? Har qanday vaqtda aloqa qilishi mumkin.

Kundan-kunga “tayyorlayman”, “yetkazaman” degan va’dalarga bo’g‘ilganfreelancerlar ko’pincha oilasi, do’stlari, hatto o’z sog‘lig‘i bilan vaqt o’tkazishniunutadi. Yakkalashgan, yolg‘iz ekran ortidagi bu kurash ruhiyatga ham ta’sirqilmay qolmaydi.

Orzudagi mustaqillikga— ongli yondashuv

Shunga qaramay, bu yo’lni tanlagan yoshlar ko’p. Chunki freelance — hozirgi real iqtisodiy sharoitda o’zini topishning, o’zini yaratishning yo’li. Bu yo’l boshidaxatolar bo’ladi, mijozlar bo’lmaydi, daromad doimiy emas. Lekin o’z ustidaishlagan, sabrli bo’lgan va to’g‘ri yo’l tutgan yoshlar bu sohada muvaffaqiyatqozonmoqda. Bugun Toshkentdan turgan holda Amerikadagi kompaniyaga xizmatko’rsatayotgan o’zbekistonlik freelancerlar bor. Bu — orzu emas, real voqelik. Faqat bu yo’lni tanlagan har bir inson bilishi kerak: mustaqil ishlash — bu erkinlikemas, bu mas’uliyatning boshqa shakli. Freelance — orzu ham, qiyinchilik ham. Uni qanday qabul qilish har kimning oz tanlovi!

MUALLIF: To’ychiyeva Sevara